Dam olish kunlari qanday ob-havo bo‘lishi aytildi
Bu qiziq
−
31 yanvar 2025 18819 1 daqiqa
O‘zgidromet 1-2 fevral kunlari kuzatiladigan ob-havo prognozlarini e’lon qildi.
Unga ko‘ra, dam olish kunlari respublika bo‘yicha havo biroz bulutli, ba’zi joylarda o‘zgaruvchan bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Kechalari sovuq ob-havo saqlanib turadi, harorat 0-5 daraja sovuq atrofida bo‘ladi, kunduz kunlari esa quyosh nurlari havoni 5-8 daraja iliqqacha, janubda 10-12 daraja iliqqacha isitadi. Respublikaning ayrim joylariga tuman tushishi mumkin. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi.
Toshkent shahrida yog‘ingarchilik kutilmaydi. Kechasi va ertalab tuman tushishi mumkin. Harorat kechalari 2-5 daraja sovuq, kunduz kunlari 5-8 daraja iliq bo‘ladi.
Live
Barchasi31 dekabr 2025
Farg‘ona davlat texnika universiteti rektori Qo‘ng‘irotboy Sharipovga yangi o‘rinbosar bo‘ldi.
30 dekabr 2025
30 dekabr 2025
30 dekabr 2025
29 dekabr 2025