Dam olish kunlari qanday ob-havo bo‘ladi?

Jamiyat

image

11 noyabr va dam olish kunlari O‘zbekiston hududining katta qismida quruq va kam bulutli ob-havo bo‘lishi kutilmoqda. Bu haqda Gidrometeorologiya xizmati ma’lum qildi.

Qayd etilishicha, 11 noyabr va dam olish kunlari mamlakat hududining katta qismida quruq va kam bulutli ob-havo bo‘lishi  kutilmoqda. Havo harorati kechalari 0+5 iliq, ba’zi joylarda -2 sovuqgacha, kunduz kunlari +9+14 iliq bo‘ladi.

Yakshanba kuni kechqurun respublikaning shimoliy hududlariga Volga bo‘yi hududlaridan bulutli massivlar kirib kelishi kutilmoqda.

Shuningdek, respublika bo‘yicha yog‘ingarchilik kutilmaydi, faqat Qoraqalpog‘iston Respublikasida kechga tomon ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘adi. 

Shimolda va cho‘l hududlarda shamol 17-22 m/s gacha kuchayishi kutilmoqda. Mamalakat bo‘yicha ba’zi joylarga kechasi va ertalab tuman tushishi mumkin.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

1018

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing