Dam olish kunlari ba’zi hududlarda qor yog‘adi
Bu qiziq
−
18 dekabr 2020
14773Dam olish kunlari O‘zbekistonga Rossiyaning janubiy hududlaridan sovuq va nam havo massalari kirib keladi. Bu haqda Gidrometeorologiya xizmati markazi xabar berdi.
Rossiyadan kirib kelgan havo massasi O‘zbekiston bo‘ylab ob-havoni yomonlashishiga olib keladi. Respublikaning shimolida shanba kuniga o‘tar kechasi qor ko‘rinishidagi biroz yog‘ingarchilik kuzatiladi. Barcha joylarda yomg‘ir ko‘rinishidagi yog‘ingarchilik qorga aylanishi bilan kuzatiladi. Ba’zi joylarda shamol 15-20 m/s gacha kuchayadi.
Faqat eng chekka sharqda (Andijon, Namangan, Farg‘ona viloyatlari) shanba kuni kun davomida havo bulutli, lekin quruq bo‘lishi kutilmoqda.
Yakshanba kuni g‘arbiy hududlarda yog‘ingarchilik kuzatilmaydi, Toshkent, Samarqand, Jizzax, Sirdaryo, Qashqadaryo viloyatlarida qor ko‘rinishidagi yog‘ingarchilik kunning ikkinchi yarmigacha davom etadi va faqat eng chekka janubda va Farg‘ona vodiysida yog‘ingarchilik bo‘lishi kun davomida saqlanib turadi.
LiveBarchasi