Dam olish kunlari havo qanday bo‘lishi aytildi
Bu qiziq
−
17 iyun 2022 9515 1 daqiqa
Bugun va dam olish kunlari O‘zbekiston hududining katta qismida quruq va biroz issiq ob-havo kuzatiladi. Bu Gidrometereologiya xizmati markazi xabar bermoqda.
17–19 iyun kunlari faqat Toshkent viloyatida, Farg‘ona vodiysi viloyatlarida, shuningdek respublikaning tog‘ oldi va tog‘li hududlarida ba’zi joylarda qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin.
Ayrim joylarda do‘l yog‘ishi kutilmoqda. Respublika bo‘yicha ba’zi joylarda shamol 18-23 m/s gacha kuchayishi mumkin.
Ushbu kunlarda harorat foni o‘rtacha ko‘p yillik qiymatlardan yuqori bo‘ladi va 34-39° ni tashkil etadi. Bugun janubda va cho‘l hududlarda ba’zi joylarda harorat 40-42° darajagacha ko‘tariladi.
Live
Barchasi31 dekabr 2025
Farg‘ona davlat texnika universiteti rektori Qo‘ng‘irotboy Sharipovga yangi o‘rinbosar bo‘ldi.
30 dekabr 2025
30 dekabr 2025
30 dekabr 2025
29 dekabr 2025