Dam olish kunlari havo harorati pasayadi

Bu qiziq

image

Bugun, 30 sentyabr kuni O‘zbekiston hududi bo‘yicha havo o‘zgarib turadi, hududning katta qismida yog‘ingarchiliksiz ob-havo saqlanib turadi, Kavkaz hududlaridan kuchsiz antitsiklon kirib kelishi sabab faqat Qoraqalpog‘iston Respublikasi bo‘yicha ba’zi joylarda biroz yomg‘ir yog‘adi. Kunduzi havo harorati 20-25 daraja atrofida bo‘ladi.

Ertaga, 1 oktyabr kuni antitsiklon respublikaning barcha hududlariga tarqaladi. Toshkent viloyatida kechasi va ertalab va Farg‘ona vodiysi viloyatlarida biroz yomg‘ir yog‘adi, respublikaning tog‘oldi va tog‘li hududlarida ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘adi, qolgan hududlarda yog‘ingarchilik kutilmaydi. Havo harorati kechasi 10-15 daraja bo‘ladi, kunduzi 21-26 darajagacha pasayadi.

2 oktyabr kuni antitsiklon ta’siri hali ham davom etadi. O‘zbekiston bo‘yicha quruq va salqin ob-havo bo‘lishi kutilmoqda. Kechasi termometr ustuni 8-13 darajagacha pasayadi, kunduzi 21-26 daraja atrofida bo‘ladi.

Ushbu kunlarda shimolda, janubda va cho‘l hududlarda ba’zi joylarda shamol 15-18 m/s gacha kuchayishi mumkin.


Maqola muallifi

Teglar

ob-havo

Baholaganlar

209

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing