Dam olish kunlari havo harorati ko‘tarilishi kutilmoqda

Bu qiziq

image
0:00
0:00
download

O‘zgidromet prognozlariga ko‘ra, joriy yilning 28-29 yanvar kunlari respublika janubiy viloyatlarida kunduz kunlari harorat 10 darajagacha ko‘tariladi. Mazkur kunlari shimol va vodiy viloyatlarida 5 daraja, markaziy va Toshkent viloyati hududlarida 7 darajagacha iliq harorat kutiladi.

Kelayotgan besh kunlikda respublika bo‘ylab yog‘ingarchilik kutilmaydi. O‘zgidromet taqdim etgan xaritada uzoq davom etgan sovuq antitsiklonlar seriyasi respublikadan chekinayotgani tasvirlangan.

Bugun, 27 yanvar kuni respublikaning katta qismida “plyus” harorat bo‘lishi aytilmoqda. Respublikaning katta qismida 3 darajagacha iliq harorat kutilyapti. 

Yog‘ingarchilik kutilmaydi, joylarga tuman tushadi.

Ozoda Choriyeva


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing