Dam olish kunlari havo harorati 45 darajaga ko‘tariladi
Bu qiziq
−
24 iyun 2022
6424Dam olish kunlari O‘zbekistonda havo harorati 45 darajagacha ko‘tariladi. Bu haqda Gidrometeorologiya xizmati markazi xabar berdi.
Bugun, 24 iyun kuni O‘zbekistonning tekislik hududlari bo‘yicha biroz issiq ob-havo bo‘lishi kutilmoqda, faqat ayrim tog‘ oldi va tog‘li hududlarda qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Ko‘pchilik viloyatlarda kunduzi termometr ustuni 36-39 darajaga yetadi, shimolda, janubda va cho‘l hududlarda 40-42 darajagacha bo‘ladi.
Ertadan boshlab O‘zbekiston hududiga Turkmanistondan juda issiq va quruq havo kirib kelishi boshlanadi. Ertaga havo harorati kechasi 21-24 daraja, kunduzi 36-39 daraja atrofida, shimolda, janubda va cho‘l hududlarda 42-44 darajagacha bo‘ladi. Yakshanba kuni harorat foni kechasi 23-26 darajagacha, kunduzi 38-42 darajagacha, shimolda, janubda va cho‘l hududlarda ba’zi joylarda 43-45 darajagacha ko‘tariladi.
Ayrim tog‘li hududlarda qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin, ba’zi joylarda sel-suv toshqin hodisalari yuzaga kelishi mumkin.
LiveBarchasi