Dam olish kunlari havo harorati 45 darajaga ko‘tariladi

Bu qiziq

image

Dam olish kunlari O‘zbekistonda havo harorati 45 darajagacha ko‘tariladi. Bu haqda Gidrometeorologiya xizmati markazi xabar berdi.

Bugun, 24 iyun kuni O‘zbekistonning tekislik hududlari bo‘yicha biroz issiq ob-havo bo‘lishi kutilmoqda, faqat ayrim tog‘ oldi va tog‘li hududlarda qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Ko‘pchilik viloyatlarda kunduzi termometr ustuni 36-39 darajaga yetadi, shimolda, janubda va cho‘l hududlarda 40-42 darajagacha bo‘ladi.

Ertadan boshlab O‘zbekiston hududiga Turkmanistondan juda issiq va quruq havo kirib kelishi boshlanadi. Ertaga havo harorati kechasi 21-24 daraja, kunduzi 36-39 daraja atrofida, shimolda, janubda va cho‘l hududlarda 42-44 darajagacha bo‘ladi. Yakshanba kuni harorat foni kechasi 23-26 darajagacha, kunduzi 38-42 darajagacha, shimolda, janubda va cho‘l hududlarda ba’zi joylarda 43-45 darajagacha ko‘tariladi.

Ayrim tog‘li hududlarda qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin, ba’zi joylarda sel-suv toshqin hodisalari yuzaga kelishi mumkin.


Maqola muallifi

Teglar

ob-havo

Baholaganlar

99

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing