Dam olish kunlari havo harorati pasayib, yog‘ingarchilik kuzatiladi
Bu qiziq
−
10 dekabr 2021
8623Bugun, 10 dekabr kuni O‘zbekiston hududida havo harorati 16-18 daraja iliq, janubiy tumanlarda 20-21 daraja iliqqacha bo‘lgan quruq va iliq ob-havo bo‘lishi kutilmoqda, bu me’yordan 9-11 darajaga yuqoridir. Bu haqda Gidrometeorologiya xizmati markazi xabar berdi.
Ertaga Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm, Buxoro, Navoiy viloyatlarida, kechga tomon Samarqand, Qashqadaryo viloyatlarida ba’zi joylarda biroz yomg‘ir yog‘ishi mumkin. Buning sababi Kaspiy dengizidan nam havo massalari kirib kelishidir. Havo harorati kechasi 2-7 daraja iliqni tashkil etadi, kunduz kunlari 10-15 daraja iliqqacha pasayadi.
Yakshanba kuni O‘zbekistonning barcha hududlarida (Farg‘ona vodiysi viloyatlaridan tashqari) ba’zi joylarda biroz yomg‘ir yog‘adi, shimoliy tumanlarda yomg‘ir qorga aylanishi kutilmoqda. Respublika bo‘yicha ba’zi joylarda shamol tezligi 15-20 m/s gacha kuchayadi, kunduzi havo harorati pasayishda davom etadi va 4-9 daraja iliqdan yuqori bo‘lmaydi. Bunday harorat ushbu kun uchun o‘rtacha ko‘p yillik qiymatlarga yaqin bo‘ladi.