Dam olish kunida Samarqand YHXB boshlig‘i yig‘ilish o‘tkazdi
3-sahifa
−
20 noyabr 2022
10485Ijtimoiy tarmoqlarda Samarqand Ichki ishlar boshqarmasi Yo‘l harakat xavfsizligi bo‘limi boshlig‘i Shavkat Bayxo‘rozov dam olish kunida xodimlar bilan yig‘ilish o‘tkazgani haqida xabarlar tarqaldi. Holat yuzasidan viloyat IIB ma’lumot berdi.
IIBga ko‘ra, bugun, 20 noyabr kuni (dam olish kunida) xodimlar bilan yig‘ilish o‘tkazgan viloyat Jamoat xavfsizligi xizmati yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasi rahbariyatiga nisbatan xizmat tekshiruvi o‘tkazilib, huquqiy baho beriladi.
“Samarqand viloyati ichki ishlar organlarida xodimlarni ijtimoiy-huquqiy qo‘llab-quvvatlash, munosib mehnat sharoitlarida ishlashlari hamda dam olishlari uchun barcha imkoniyatlar yaratilgan. Ushbu talablar va qoidalarga amal qilmagan mas’ullarga qonunda belgilangan tartibda choralar ko‘riladi”, deyiladi IIB xabarida.
Eslatib o‘tamiz, joriy yilning 25 aprelida Ichki ishlar vaziri Po‘lat Bobojonovning tegishli buyrug‘i bilan Shavkat Allamurodovich Bayxo‘rozov Samarqand viloyati Ichki ishlar boshqarmasi Yo‘l harakat xavfsizligi bo‘limi boshlig‘i lavozimiga tayinlangandi.
LiveBarchasi