Dam olish kuni O‘zbekistonda qanday ob-havo kutilyapti?
Jamiyat
−
07 avgust 2020 11648 1 daqiqa
Ertaga, 8 avgust respublikamiz hududida ob-havo yog‘ingarchiliksiz bo‘ladi, faqat shimoliy tumanlarda, shuningdek, tog‘li va tog‘oldi hududlarda qisqa muddatli momaqaldiroqli yomg‘ir yog‘ishi mumkin. Ko‘pchilik viloyatlarda harorat biroz pasayadi va kechasi 20-25, kunduzi 33-38 daraja bo‘ladi.
Bugun va ertaga respublika bo‘yicha ayrim joylarda shamolning tezligi sekundiga 15-20 metrgacha kuchayishi mumkin.
Yakshanba kuni tog‘li va tog‘oldi hududlarda qisqa muddatli lokal (mahalliy) yomg‘irlar yog‘ishi ehtimoli saqlanib turadi. Mamlakatimizning tekislik hududlarda yog‘ingarchilik kutilmaydi. Harorat kechasi 20-25 daraja, kunduzi 33-38 daraja atrofida saqlanib turadi, bu oyning shu davri uchun xos bo‘lgan iqlimiy me’yorlarga yaqindir.
Live
Barchasi31 dekabr 2025
Farg‘ona davlat texnika universiteti rektori Qo‘ng‘irotboy Sharipovga yangi o‘rinbosar bo‘ldi.
30 dekabr 2025
30 dekabr 2025