Dam olish kuni qor yog‘ishi kutilmoqda

Bu qiziq

image

Bugun, 24 dekabr kuni O‘zbekiston hududining katta qismida iliq va quruq ob-havo bo‘lishi kutilmoqda. Havo harorati 8-13° iliqni tashkil etadi. Respublikaning shimoliy hududlariga sovuq antitsiklon kirib kelishi boshlanadi, bu hududlarning ba’zi joylarida qor yog‘adi, shamol tezligi 17-22 m/s gacha kuchayishi mumkin, harorat kunduzi 2° sovuq-3° iliqdan yuqori bo‘lmaydi.

Ertaga, 25 dekabr kuni respublikaning barcha hududlariga antitsiklon kirib keladi, Qoraqalpog‘istonda, Xorazm viloyatida ba’zi joylarda qor yog‘adi, Buxoro, Navoiy viloyatlarida ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘adi, qorga aylanishi mumkin, Toshkent, Samarqand, Jizzax, Sirdaryo, Qashqadaryo viloyatlarida kunning ikkinchi yarmida ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘adi. Faqat Surxondaryo, Andijon, Namangan, Farg‘ona viloyatlarida yog‘ingarchilik kutilmaydi. Ba’zi joylarda shamol tezligi 17-22 m/s gacha kuchayadi. Harorat kechasi 0-5° iliqni, kunduzi 5-10° iliqni, shimolda kechasi 3-8° sovuqni, kunduzi 0-5° sovuqni tashkil etadi.

Yakshanba kuni mamlakatning barcha hududlarida yog‘ingarchilik (yomg‘ir qorga aylanadi) bo‘ladi, shimolda yog‘ingarchilik to‘xtaydi. Harorat kechasi va kunduzi 2° sovuq-3° iliqni, shimolda kechasi 9-14° sovuqni, kunduzi 0-5° sovuqni tashkil etadi.

27 dekabr kuni O‘zbekiston bo‘yicha yog‘ingarchilik bo‘lishi ehtimoli kam, kechasi harorat 3-8° sovuqqacha pasayadi, kunduzi 2° sovuq-3° iliqdan yuqori bo‘lmaydi, ushbu kun uchun bo‘lgan ko‘p yillik qiymatlardan 5-7° ga kamdir.

Shu kunlarda respublika bo‘yicha ba’zi joylarga tuman tushishi mumkin.


Maqola muallifi

Teglar

ob-havo

Baholaganlar

385

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing