Dam olish kuni qanday ob-havo kuzatilishi aytildi

Bu qiziq

image

Ertaga, 31 may kuni respublika hududining katta qismida yog‘ingarchilik kutilmaydi, faqat Farg‘ona vodiysi viloyatlari va respublikaning tog‘li tumanlarida konvektiv bulutlar rivojlanishi bilan kechki soatlarda ayrim joylarga qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi, momaqaldiroq bo‘lishi, ba’zi joylarda shamolning tezligi sekundiga 17-22 metrgacha kuchayishi mumkin. Bunday ob-havo dam olish kunlarida ham saqlanib turadi. Bu kunlarning harorati o‘rtacha ko‘p yillik ko‘rsatkichlardan 5-8 darajaga yuqori bo‘ladi. Bu haqda O‘zgidromet xabar berdi.

Toshkent shahri. Havo biroz bulutli bo‘ladi, vaqti-vaqti bilan o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 3-8 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi +20...+22 daraja, kunduzi +34...+36 daraja bo‘ladi.

Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyati. Havo biroz bulutli bo‘ladi, ba’zi joylarda o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda 17-22 m/s gacha. Harorat kechasi +19...+24 daraja, kunduzi +37...+42 daraja bo‘ladi.

Buxoro va Navoiy viloyatlari. Havo biroz bulutli bo‘ladi, ba’zi joylarda o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda 17-22 m/s gacha. Harorat kechasi +19...+24 daraja, kunduzi +37...+42 daraja bo‘ladi.

Toshkent, Samarqand, Jizzax Sirdaryo viloyatlari. Havo biroz bulutli bo‘ladi, ba’zi joylarda o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda 17-22 m/s gacha. Harorat kechasi +17...+22 daraja, kunduzi +34...+39 daraja bo‘ladi.

Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlari. Havo biroz bulutli bo‘ladi, ba’zi joylarda o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda 17-22 m/s gacha. Harorat kechasi +19...+24 daraja, kunduzi +35...+40 daraja bo‘ladi.

Andijon, Namangan, Farg‘ona viloyatlari. Havo biroz bulutli bo‘ladi, ba’zi joylarda o‘zgarib turadi, kechga tomon ba’zi jloylarda qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda 17-22 m/s gacha. Harorat kechasi +17...+22 daraja, kunduzi +34...+39 daraja bo‘ladi.

Respublikaning tog‘li hududlari. Havo biroz bulutli bo‘ladi, ba’zi joylarda o‘zgarib turadi, kechga tomon ba’zi jloylarda qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda 17-22 m/s gacha. Harorat kechasi +14...+19 daraja, kunduzi +23...+28 daraja bo‘ladi.


Maqola muallifi

Teglar

ob-havo

Baholaganlar

27

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing