Dam olish kuni qanday ob-havo kuzatiladi?

Bu qiziq

image

Gidrometeorologiya xizmati markazi ertaga 9 yanvar kuni O‘zbekistonda qanday ob-havo kuzatilishini ma’lum qildi.

Qayd etilishicha, ertaga 9 yanvar kuni O‘zbekistonning barcha hududlariga Volga bo‘yi hududlaridan quruq, lekin nisbatan sovuq havo massalari kirib kelishi kutilmoqda

Havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Respublika bo‘yicha ba’zi joylarga tuman tushishi kuzatiladi. 

Kechalari harorat biroz salbiy qiymatlargacha pasayadi, kunduz kunlari esa havo harorati 5-10 daraja iliq atrofida bo‘ladi. Bunday harorat foni yanvar oyining birinchi o‘n kunligi oxiri uchun xosdir.

Eslatib o‘tamiz, “O‘zgidromet” joriy yilning yanvar oyida O‘zbekistonda qanday ob-havo kuzatilishi bo‘yicha prognozni e’lon qilgandi.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

240

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing