Dam olish kuni bizni qanday ob-havo kutib turibdi?
Bu qiziq
−
19 Oktabr 2019
5370Gidrometeorologiya xizmati markazi ertaga, 20 oktyabr kuni O‘zbekistonda kutilayotgan ob-havo haqida ma’lumot berdi.
Toshkent shahrida havo harorati kunduzi +23...+25 daraja, kechasi +8...+10 daraja bo‘lib, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Poytaxtda 3-8 m/s tezlikda shamol esadi.
Kuzatishlar natijasiga ko‘ra, Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyatida 5-10 m/s tezlikda shamol esadi. Harorat kunduzi +18...+23 daraja, kechasi +2...+7 daraja bo‘ladi.
Buxoro, Navoiy, Samarqand, Jizzax, Sirdaryo va Toshkent viloyatlarida 5-10 m/s tezlikda shamol esib, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Havo harorati kunduzi +20...+25 daraja, kechasi +5...+10 daraja bo‘ladi.
Mamlakat janubida Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarida havo harorati kunduzi +22...+27 darajagacha ko‘tariladi, kechasi +8...+13 daraja bo‘ladi. 5-10 m/s tezlikda shamol esib, yong‘ingarchilik kutilmaydi.
Farg‘ona, Andijon, Namangan viloyatlarida 5-10 m/s tezlikda shamol esib, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Havo harorati kunduzi +20...+25 daraja, kechasi +5...+10 daraja bo‘ladi.
LiveBarchasi