Dam olish kuni ba’zi hududlarda kuchli shamol esadi

Bu qiziq

image

Gidrometeorologiya xizmati markazi ertaga, 7 fevral kuni O‘zbekistonda qanday ob-havo kuzatilishini ma’lum qildi.

Toshkent shahrida havo o‘zgarib turadi, vaqti-vaqti bilan yomg‘ir yog‘adi. Shamol g‘arbdan 5-10 m/s tezlikda esadi, 12-17 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 8-10° iliq, kunduzi 10-12° iliq bo‘ladi.

Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyatida havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 15-20 m/s gacha kuchayadi, ba’zi joylarda 22-28 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 3° sovuq-2° iliq, kunduzi 8-13° iliq bo‘ladi.

Buxoro va Navoiy viloyatlarida havo o‘zgarib turadi, ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘adi. Shamol g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 15-20 m/s gacha kuchayadi, ba’zi joylarda 22-28 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 5-10° iliq, kunduzi 8-13° iliq bo‘ladi.

Toshkent, Samarqand, Jizzax, Sirdaryo viloyatlarida havo o‘zgarib turadi, ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘adi. Shamol g‘arbdan 7-12m/s tezlikda esadi, 15-20 m/s gacha kuchayadi, ba’zi joylarda 22-28 m/s gacha kuchayishi mumkin.  Harorat kechasi 5-10° iliq, kunduzi 10-15° iliq bo‘ladi.

Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarida havo o‘zgarib turadi, ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘adi. Shamol g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 15-20 m/s gacha kuchayadi, ba’zi joylarda 22-28 m/s gacha kuchayishi mumkin.   Harorat kechasi 5-10° iliq, kunduzi 12-17° iliq bo‘ladi.

Andijon, Namangan, Farg‘ona viloyatlarida havo o‘zgarib turadi, ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘adi. Shamol g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 15-20 m/s gacha kuchayadi, ba’zi joylarda 22-28 m/s gacha kuchayishi mumkin.   Harorat kechasi 3-8° iliq, kunduzi 12-17° iliq bo‘ladi.

Respublikaning tog‘li hududlarida havo o‘zgarib turadi, tog‘ oldi va tog‘li g‘ududlarda yomg‘ir yog‘adi, ba’zi joyolarda kuchayadi, baladn tog‘li hududlarda qorga aylanadi. Qor ko‘chishi xavfi bor. Sharqiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 15-20 m/s gacha kuchayadi, ba’zi joylarda 22-28 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 0-5° iliq, kunduzi 3-8° iliq bo‘ladi.


Maqola muallifi

Teglar

ob-havo

Baholaganlar

84

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing