Dam olish kuni harorat -15 darajagacha tushib ketadi
Bu qiziq
−
23 noyabr 2019
9269Gidrometeorologiya xizmati markazi ertaga, 24 noyabr kuni mamlakat bo‘ylab kuzatiladigan ob-havo haqida ma’lumot berdi.
Toshkent shahrida havo harorati kechasi -2...0 daraja, kunduzi 0...+2 daraja bo‘ladi. Shamol tezligi 7-12 m/sga yetib, vaqti-vaqti bilan qor yog‘ishi kutiladi.
Farg‘ona vodiysida havo harorati kechasi -3...+2 daraja, kunduzi 0...+5 daraja bo‘lishi kutilmoqda. Qor yog‘ib, 5-10 m/s tezlikda shamol esadi.
Toshkent, Sirdaryo, Jizzax va Samarqand viloyatlarida havo harorati kechasi -5...0 daraja, kunduzi -2...+3 daraja bo‘ladi. 5-10 m/s tezlikda shamol esib, qor yog‘ishi mumkin.
Buxoro va Navoiy viloyatlarida havo harorati kechasi -8...-3 daraja, kunduzi -2...+3 daraja bo‘lib, yog‘ingarchilik kutilmaydi. 5-10 m/s tezlikda shamol esib, tuman tushadi.
Surxondaryo va Qashqardaryo viloyatlarida havo harorati kechasi -5...0 daraja, kunduzi 0...+5 daraja bo‘ladi. Shamol tezligi 5-10 m/sni tashkil etadi. Mamlakatning janubiy viloyatlarida qor va yomg‘ir yog‘ishi kutilyapti.
Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyatida havo harorati kechasi -15...-10 daraja, kunduzi -7...-2 daraja bo‘ladi. Shamol 5-10 m/s tezlikda esib, tuman tushadi.
Respublikaning tog‘li rayonlarida qor yog‘ishi kutiladi. Chimyonda havo harorati kechasi va kunduzi -7...-2 darajani tashkil qiladi. Qamchiqda esa kechasi -8...-3 daraja, kunduzi -7...-2 daraja bo‘ladi. Shamol tezligi 5-10 m/sga yetadi.