DXAning Qoraqalpog‘iston boshqarmasiga yangi rahbar tayinlandi

Jamiyat

image

Bugun, 5 avgust kuni Davlat xizmatlari agentligining Qoraqalpog‘iston Respublikasi boshqarmasi boshlig‘i lavozimiga yangi rahbar tayinlandi. Bu haqda Davlat xizmatlari agentligi xabar berdi.

Xabarga ko‘ra, Qoraqalpog‘iston Respublikasi boshqarmasi boshlig‘i etib Mahmud Karamatdinovich Abdijaliyev nomzodi tasdiqlangan.

Eslatib o‘tamiz, Mahmud Abdijaliyev shu kungacha Davlat xizmatlari agentligining Andijon viloyati boshqarmasi boshlig‘i lavozimida faoliyat yuritgan.

Ma’lumot uchun, bungacha Davlat xizmatlari agentligining Qoraqalpog‘iston boshqarmasiga Kazbek Artikov rahbarlik qilib kelayotgandi.

Durdona Pirnazarova


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Baholaganlar

64

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing