Dacha ijarasi e’lonlari bilan odamlarni chuv tushirgan firibgar qo‘lga tushdi

Jamiyat

image

Ijtimoiy platformalarning birida kunlik dam olish uylari ijarasi bilan shug‘ullanib kelgan firibgar qo‘lga olindi. Bu haqda Kiberxavfsizlik xizmati xabar berdi.

Qayd etilishicha, Toshkent shahrida yashovchi fuqaro ijtimoiy platformalardan birida kunlik “Dacha Chimgan” nomli e’lon bo‘yicha noma’lum shaxs bilan Telegram orqali bog‘langan. Hovlini ijaraga olish maqsadida oldindan to‘lov sifatida unga 700 000 so‘m o‘tkazib bergan. Ko‘rsatilgan manzilga borganida esa noma’lum shaxs u bilan aloqani uzib, telefon raqamlarini bloklab qo‘ygan.

Olib borilgan tezkor-qidiruv tadbirlari natijasida firibgarlik qilib pullarni o‘zlashtirgan shaxs Toshkent shahrining Yashnobod tumanida yashovchi fuqaro ekanligi ma’lum bo‘lgan.

Aniqlanishicha, ayblanuvchi firibgarlikni kasb qilib olgan bo‘lib, oldin ham boshqa bir nechta kishilarni aldab, pullarni o‘zlashtirgan bo‘lgan.

“Holat yuzasidan ayblanuvchiga nisbatan Jinoyat kodeksining 168-moddasi 3-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilgan”, deyiladi xabarda.

Avvalroq, xonadon ijarasi e’lonlari bilan fuqarolarni chuv tushirgan firibgar aniqlangani haqida xabar berilgan edi.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing