Dahshatli raqam. Yil boshidan buyon 36 kishi ic gazidan zaharlanib vafot etdi

3-sahifa

image
Joriy yilning boshidan buyon O‘zbekistonda is gazi bilan bog‘liq 21 holatda 19 nafar fuqaro zaharlangan va 36 kishi vafot etgan. Bu haqda Favqulodda vaziyatlar vazirligi Matbuot xizmati ma’lum qildi.
 
Tahlillarga ko‘ra, is gazidan zaharlanish holatlarining aksariyati quyidagi sabablarga ko‘ra yuzaga kelmoqda:
 
• fuqarolar tomonidan gaz va muqobil yoqilg‘i (ko‘mir, o‘tin va boshqa) turlaridan foydalanishda xavfsizlik choralariga rioya etmaslik;
 
• nostandart (qo‘lbola yasalgan) yoki sertifikatga ega bo‘lmagan isitish pechlari va anjomlaridan foydalanish;
 
• isitish pechlarining dudburonlarini noto‘g‘ri o‘rnatish;
 
• gaz yoki boshqa muqobil yoqilg‘iga moslashtirilgan isitish pechlari (anjomlari)ni dam olish (uxlash) xonalariga olib kirish;
 
• havo almashmaydigan xonalarni isitishda ochiq olov (ko‘mir va o‘tin cho‘g‘lari)dan foydalanish;
 
• havoni almashtiruvchi shamollatish shaxtalari yoki tuynuklarni berkitib (to‘sib) qo‘yish shular jumlasidan.
 
Shuningdek, 2021 yil mobaynida respublika hududida jami 10 667 ta yong‘inlar sodir bo‘lib, ularda 240 nafar fuqaro tan jarohati olgan va 112 nafari halok bo‘lgan. 
 
Ushbu yong‘inlarning 83 tasi gaz ballonlaridan foydalanishda xavfsizlik qoidalarining buzilishi natijasida yuzaga kelgan bo‘lib, shulardan 2 tasi avtomobillarda, 81 tasi bino-inshootlarda sodir bo‘lgan. 
 
Oqibatda 5 nafar fuqaro vafot etgan va 22 nafar fuqaro tan jarohati olgan. Moddiy zarar miqdori 1 mlrd 127 mln 60 ming 889 so‘mni tashkil etgan.
 
Ma’lumot uchun, 2021 yilda is gazi bilan bog‘liq jami 74 ta holat aniqlanib, ushbu holatlarda 67 nafar fuqaro zaharlangan va 128 nafar fuqaro vafot etgan.

Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

26

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing