Dahshat! Toshkentda 16 yashar bola sheriklari bilan o‘z onasini o‘ldirdi
3-sahifa
−
02 avgust 2022
61092Toshkent viloyatida 16 yoshli bola tanishlari bilan onasini o‘ldirdi. Bu haqda Bosh prokuratura matbuot kotibi Hayot Shamsutdinov QALAMPIR.UZ'ga ma’lum qildi.
Qayd etilishicha, joriy yilning 31 iyul soat 21:00 larda 2006 yilda tug‘ilgan bola uyida onasini oilaviy kelishmovchilik sababli qasddan o‘ldirish maqsadida ikki nafar voyaga yetmagan tanishlarini yordamlashish uchun chaqirgan.
So‘ng, u jinoiy sheriklari bilan onasini qasddan o‘ldirib, murdani yashash uyining yerto‘lasiga ko‘mib qo‘ygan.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 97-moddasi 1-qismi (qasddan odam o‘ldirish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, gumondorlar protsessual tartibida ushlangan.
LiveBarchasi