Dahshat! Samarqandda ikki yigit 28 yashar qizni o‘ldirib, yoqib yubordi
3-sahifa
−
11 yanvar 2022
39935Samarqand viloyatidagi tashlandiq bog‘chada mudhish qotillik sodir etildi. Bu haqda Bosh prokuratura QALAMPIR.UZ’ga ma’lum qildi.
Ma’lum qilinishicha, 7 yanvar kuni soat 00:00 larda fuqaro M.Nabiyev (2002 yilda tug‘ilgan, sudlanmagan, ishsiz) va M.Turobov (2001 yilda tug‘ilgan, sudlanmagan, ishchi) tanishi M.Qosimova (1997 yilda tug‘ilgan, sudlanmagan, ishsiz) va D.Yo‘ldoshevalarni (1994 yilda tug‘ilgan, sudlanmagan, ishsiz) Pastdarg‘om tumani, Istiqbol mahallasi hududida faoliyat ko‘rsatmasdan kelayotgan tashlandiq maktabgacha ta’lim muassasasi binosiga olib borgan.
U yerda mast holatda kelishmovchilik sababli o‘zaro janjal sodir bo‘lgan. Oqibatda yigitlar oshxona pichog‘i bilan D.Yo‘ldoshevaning turli sohalariga bir necha marotaba urib, uni qasddan o‘ldirgan. So‘ngra murdani yoqib yuborishgan.
7 yanvarda tuman prokuraturasi tomonidan M.Nabiyev va M.Turobovlarga nisbatan Jinoyat kodeksining 97-moddasi 2-qismi “p” bandi (bir guruh shaxslar yoki uyushgan guruh a’zosi tomonidan yoxud o‘sha guruh manfaatlarini ko‘zlagan holda qasddan odam o‘ldirish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Ular Jinoyat protsessual kodeksining 221-moddasi tartibida ushlangan.
LiveBarchasi
Putin xalqiga murojaat qildi.
21 noyabr