Dahshatli YTH: tez yordam haydovchisi va shifokor vafot etdi
Jamiyat
−
07 iyul 2020
50777Buxoro viloyati Peshku tumanida ro‘y bergan mudhish yo‘l-transport hodisasi natijasida tez yordam avtomobili haydovchisi va shifokori vafot etdi. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi IIV YHXBB xabar bermoqda.
YTH bugun, 7 iyul kuni soat 05:25 larda, Buxoro viloyati hududidan o‘tgan A-380 “G‘uzor-Buxoro-Nukus-Beyneu” avtomobil yo‘lining 345-kilometrida sodir bo‘lgan.
Tez tibbiy yordam haydovchisi 1988 yilda tug‘ilgan Ye.P. Damas rusumli transport vositasini boshqarib ketayotib ehtiyotsizligi oqibatida yo‘l chetida to‘xtab turgan haydovchi 1970 yilda tug‘ilgan A.S. boshqaruvidagi Isuzu rusumli yuk avtomashinasining orqa qismiga borib urilgan.
YTH natijasida Damas rusumli transport vositasi haydovchisi 32 yoshli Ye.P. va yo‘lovchisi 28 yoshli A.X.lar og‘ir tan jarohatlari olib, voqea joyida vafot etishgan.
Mazkur YTH yuzasidan Peshku tumani IIB huzuridagi TB tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat Kodeksining 266-moddasi 3-qismi "a" bandi (odamlar o‘limiga sabab bo‘lgan transport vositalari harakati yoki ulardan foydalanish xavfsizligi qoidalarini buzish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.
LiveBarchasi