Devid Bekxem JCHdan qancha daromad olgani ma’lum bo‘ldi

Sport

image

Angliya terma jamoasining sobiq futbolchisi, “Inter Mayami” klubining egasi Devid Bekxem 2026 yilgi Jahon chempionati davomida reklama kampaniyalarida ishtirok etish orqali 25 million dollardan ortiq daromad oldi. Bu haqda “Mirror” nashri xabar berdi.

Manbaga ko‘ra, Bekxem mundialning bir qator uchrashuvlariga tashrif buyurgan hamda turli xalqaro brendlarning reklama roliklarida ishtirok etgan.

Mutaxassislar hisob-kitoblariga ko‘ra, 51 yoshli Devid Bekxem va uning turmush o‘rtog‘i Viktoriya Bekxemning umumiy boyligi taxminan 2,5 milliard dollarni tashkil etadi.

Ma’lumot uchun, 2026 yilgi Jahon chempionati tarixda ilk bor uch mamlakat – AQSH, Kanada va Meksika mezbonligida hamda 48 ta milliy terma jamoa ishtirokida o‘tkazildi.

Musobaqa finalida Ispaniya qo‘shimcha vaqtda Argentinani 1:0 hisobida mag‘lub etib, jahon chempionligiga erishdi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq kolumbiyalik mashhur xonanda Shakira 2026 yilgi Jahon chempionati davomida tijoriy hamkorliklar va reklama loyihalari orqali 17,5 million yevro miqdorda daromad olgani haqida xabar berilgandi.
 


Maqola muallifi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing