Crew Dragon kosmik kemasi XKSga tutashdi
Texnologiya
−
17 noyabr 2020 3153 1 daqiqa
Bugun, 17 noyabr kuni bortida to‘rt astronavt bo‘lgan Crew Dragon kosmik kemasi Xalqaro kosmik stansiyaga tutashdi. Bu haqda SpaceX'ga asoslanib xabar berilgan.
Missiya ekipaji - amerikalik astronavtlar Maykl Xopkins, Viktor Glover va Shennon Uoker, shuningdek, yaponiyalik astronavt Soiti Noguti olti oy davomida XKSda bo‘lishadi.
SpaceX kosmik kemasi 15 noyabrdan 16 noyabrga o‘tar kechasi Florida shtatidagi Kennedi nomidagi kosmik markazdan parvoz qildi. Srew-1 missiyasi SpaceX va NASA o‘rtasida tuzilgan shartnomaga binoan birinchi doimiy missiya hisoblanadi.
Bortida astronavtlar Duglas Xerli va Robert Benken bo‘lgan Crew Dragon kosmik kemasini sinovdan o‘tkazish jarayoni 2020 yil may oyida amalga oshirilgan. Ular 2 avgust kuni Yerga qaytib kelishgan.
Ma’lumot uchun, kecha amalga oshirilgan parvoz 2011 yildagi "Space Shuttle" dasturi tugagandan beri birinchi operatsion parvoz hisoblanadi.
Live
Barchasi