Credit Suisse O‘zbekistonni “pul yuvish, poraxo‘rlik va korrupsiya xavfi yuqori davlat” deya baholadi

Olam

image

Shveysariyaning mashhur Credit Suisse banki O‘zbekiston va yana yigirmadan ortiq davlatlarni “pul yuvish, poraxo‘rlik va korrupsiya xavfi yuqori” deb baholab, ushbu mamlakatlardan mijozlarni qabul qilishni to‘xtatdi. Bu haqda “Financial Times” xabar berdi

Qayd etilishicha, UBS investitsiya banki o‘zining raqobatchisi Credit Suisse'ni sotib olgan birinchi kundan boshlab bank xodimlari uchun qat’iy cheklovlar ro‘yxatini tuzgan. Mazkur cheklovlar sirasiga “xavfli” mamlakatlardan mijozlarni qabul qilishni to‘xtatish ham kiradi. Shuningdek, pul yuvish ehtimolining oldini olish uchun ukrainalik siyosatchilar va davlat korxonalari ham bloklangan. 

UBS muvofiqlik departamenti tomonidan belgilangan taqiqlar Credit Suisse'ni qulashdan qutqarish uchun uch oy oldin Shveysariya hukumati tomonidan tashkil etilgan tranzaksiya bilan bog‘liq xavflarni kamaytirishga qaratilgan.

UBS kecha, 12 iyun kuni erta tongda Credit Suisse’ni sotib olish ishlari yakunlanganini tasdiqlagan. Bank rahbari Kalm Kelleher bosh ijrochi direktor Serxio Ermotti ochiq maktubda shunday deydi: 

“Biz UBS'ning kuchli madaniyati, konservativ xavf yondashuvi yoki sifatli xizmat ko‘rsatishda hech qachon murosaga kelmaymiz”. 

Ma’lumki, UBS banki an’anaviy ravishda “xavfli” mijozlarni hamda ularga yuqori stavkali mahsulotlarni taklif qilishga tayyor bo‘lgan bankni qabul qilishda juda ehtiyotkor hisoblanadi. U tomonidan sotib olingan Credit Suisse banki esa so‘nggi bir necha yil ichida ko‘plab mojaro va inqirozlar markazida bo‘lib keldi. Bunga bankning "tavakkalchilikka nisbatan kamtarona munosabati" sabab ekani aytiladi. 

UBS tomonidan Credit Suisse uchun o‘rnatilgan “qizil chiziqlar” nomli cheklovlar ro‘yxati 11 ta moliyaviy va 12 ta moliyaviy bo‘lmagan risklarni o‘z ichiga oladi. 

Bunday “qizil chiziqlar”dan biri pul yuvish, poraxo‘rlik va korrupsiya xavfini cheklash uchun bir qator mamlakatlardan mijozlarni qabul qilishni to‘xtatishni ham ko‘zda tutadi. Bunday davlatlar ro‘yxatiga O‘zbekiston ham kiritilgan. Shuningdek, ro‘yxatdan Qirg‘iziston, Tojikiston, Turkmaniston, Rossiya, Moldova, Afg‘oniston, Iroq, Yaman, Albaniya, Belarus, Burkina-Faso, Kongo Demokratik Respublikasi, Salvador, Eritreya, Efiopiya, Gvineya, Gaiti, Kosovo, Liviya, Myanma, Nikaragua, Falastin, Janubiy Sudan, Shri-Lanka, Sudan, Venesuela va Zimbabve kabi davlatlar ham o‘rin olgan.


Maqola muallifi

Teglar

korruptsiya poraxo'rlik Credit Suisse pul yuvish

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing