CPJ koordinatori Gulnoza Saidga O‘zbekistonga kirishiga ruxsat berildi
Jamiyat
−
31 avgust 2022 12963 1 daqiqa
Ijtimoiy tarmoqlarda Nyu-Yorkdagi "Yevropa va Markaziy Osiyodagi jurnalistlarni himoya qilish qo‘mitasi" NNT dasturi (CPJ) koordinatori Gulnoza Saidning O‘zbekistonga kirishi rad etilgani haqida xabarlar tarqaldi.
Mass-media fondi zudlik bilan O‘zbekistonga kirish va chiqish masalalarini tartibga soluvchi davlat organlariga bu borada tegishli so‘rov bilan murojaat qilgan.
Olingan ma’lumotlarga ko‘ra, hozirda ushbu masala hal etilgan va Gulnoza Saidga mamlakatga kirish uchun ruxsat berilgan.
CPJ koordinatori Gulnoza Said (AQSH fuqarosi)ning xabar berishicha, immigratsiya xizmati xodimlari tizim unga kirishga ruxsat bermaganini va Nyu-Yorkka qaytish uchun 1 sentyabrgacha aeroportda qolishi kerakligini aytishgan.
Live
BarchasiBloger Aziz Hakimov 4 yilga qamaldi
11 avgust
Putin hech narsadan qo‘rqmasligini aytdi
11 avgust