COVID shifoxonalariga “yopiq saylov uchastkasi” maqomi berildi

Jamiyat

image

Koronavirus yuqtirib, shifoxonada davolanayotgan bemorlar ham O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovida ishtirok etishi mumkin. Ayni vaqtda ular davolanayotgan COVID shifoxonalariga “yopiq saylov uchastkasi” maqomi berildi va saylov uchastkalarini tashkil etish bo‘yicha sanitariya-epidemiologik talablar ishlab chiqildi. Bu haqda Markaziy saylov komissiyasining navbatdagi yig‘ilishida Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi xizmati boshlig‘i o‘rinbosari Botir Qurbonov ma’lum qildi.

Qayd etilishicha, virusga qarshi davolanayotgan, mustaqil yurish imkoniyati bo‘lgan bemorlar uchun shifoxona hududida maxsus xona tayyorlanadi. Yotoq rejimidagi bemorlar esa maxsus mobil saylov qutilari orqali ovoz berish imkoniyatiga ega bo‘ladi.

Ta’kidlanishicha, ayni vaqtda 141 ming 791 nafar saylov komissiya a’zosini emlash rejalashtirilgan bo‘lib, rejaga asosan 132 ming 645 ta saylov komissiya a’zolari emlangan. Emlash jarayoni davom etmoqda.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

14

Reyting

3.2

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing