COVID Xitoy iqtisodiyotini “charchatyapti” – BBC

Olam

image

Xitoy iqtisodiyoti joriy yilning ikkinchi choragida keskin qisqardi. Bunga tadbirkor va iste’molchilarga koronavirus tufayli qo‘yilgan cheklovlar sabab bo‘ldi. Bu haqda BBC yozmoqda.

Yalpi ichki mahsulot hajmi aprel-iyun oylarida o‘tgan chorakka nisbatan 2,6 foizga kamaygan. Qolaversa, mamlakatning bir vaqtlar gullab-yashnagan ko‘chmas mulk bozori chuqur tanazzulga yuz tutgan. Ushbu davrda Xitoyning yirik shaharlari, shu jumladan Shanxayning yirik moliyaviy va ishlab chiqarish markazi cheklovlar ostida qolgan.

"Oxford Economics" global tahlil markazi yetakchisi Tommi Vuning so‘zlariga ko‘ra, ikkinchi chorakdagi yalpi ichki mahsulotning o‘sishi pandemiya boshlanganidan beri eng yomon natija bo‘lgan. Cheklovlar, xususan, Shanxayda chorak boshida  iqtisodiy faoliyatga jiddiy ta’sir ko‘rsatgan.

"Biroq, iyun oyidagi ma’lumotlar ijobiyroq bo‘ldi, aksariyat cheklovlar yumshatilganidan keyin faollik ko‘tarildi. Ammo ko‘chmas mulk bozoridagi pasayish davom etmoqda", deya qo‘shimcha qilgan Tommi Vu.

Shuningdek,  Oanda Corporation’ning Osiyo-Tinch okeani mintaqasi bo‘yicha katta tahlilchisi Jeff Xalley bugungi Xitoy iqtisodiyotida ijobiy signallar borligini ma’lum qilgan.

"To‘g‘ri, YAIM hajmi kutilganidan ham yomonroq bo‘ldi, ammo ishsizlik 3,5 foizga tushdi va chakana savdo yuqori darajada oshdi", deydi u.

Biroq, ko‘plab tahlilchilar Xitoy iqtisodiyoti tez tiklana olmasligini bildirgan. Chunki hukumat koronavirus tarqalishining oldini olish uchun “Nol-COVID" yondashuvini davom ettirmoqda.

Ma’lumot uchun, dunyoning ko‘plab mamlakatlari COVID bilan yashashga harakat qilmoqda. Lekin Xitoy hali ham virusga qarshi kurashni deyarli hamma narsadan ustun qo‘yadigan yagona yirik iqtisodiyot bo‘lib qolmoqda.

Muhayyoxon Habibullayeva


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Baholaganlar

79

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing