COVID-21 paydo bo‘lgani rostmi?

Jamiyat

image

Virusologiya instituti direktori, professor Erkin Musaboyev koronavirusning yangi shakli, «COVID-21»ning paydo bo‘lganligi to‘g‘risida ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan audio yozuvga quyidagicha izoh berdi.

Uning ta’kidlashicha, COVID-19 infeksiyasi yangi shtammlari paydo bo‘lsa ham, yangi COVID-21 virusi paydo bo‘lgani haqidagi bayonot noto‘g‘ri.

“Vaksinatsiya COVID-19ning barcha shtammlaridan himoya qiladi, havf guruhidagi odamlar kasal bo‘lib tuzalgan bo‘lsa ham emlanish zarur hisoblanadi. Darhaqiqat, hozirgi kunda koronavirusning klinik belgilarida o‘zgarishlar yuz berdi, ya’ni yo‘tal va isitmaning kam namoyon bo‘lgan, ammo bo‘g‘imlarda katta og‘riq belgilariga ega bemorlar soni ortdi”, deydi u.

Zangiota kasalxonasidagi bemorlarning koronavirus infeksiyasi oqibatlaridan o‘lish holatlari oshmadi.

“Kasallik yo‘qolmadi, biz u bilan yashashga, ya’ni niqob taqishga, ijtimoiy masofani saqlashga, qo‘llar gigiyenasiga rioya qilishga odatlanishimiz kerak. PZR-test yordamida koronavirusni aniqlash imkonsiz bo‘lib qoldi, deyish noo‘rin, chunki avval ham dimog‘da virusni aniqlashda 30 foizlik xatolikka yo‘l qo‘yilgan edi” deydi virusolog.

Musaboyevning ta’kidlashicha, koronavirus infeksiyasini davolash bo‘yicha bir yillik tajribadan kelib chiqib, O‘zbekistonda davolash protokoli tuzilib, amalda uning yuqori samaradorligi isbotlangan.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

722

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing