COVID-19: jami kasallanganlar 92 mingdan oshdi, bir bemor vafot etdi
Jamiyat
−
03 may 2021
5319Joriy yilning 2 may holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 363 kishiga ortib, 92 006 nafarni tashkil etmoqda. Bu haqda O‘zbekiston Sog‘liqni saqlash vazirligi Matbuot xizmati xabar bermoqda.
Yangi kasallanish holatlarining:
- 3 nafari Qoraqalpog‘iston Respublikasida;
- 5 nafari Andijon viloyatida;
- 7 nafari Jizzax viloyatida;
- 8 nafari Qashqadaryo viloyatida;
- 4 nafari Navoiy viloyatida;
- 5 nafari Namangan viloyatida;
- 46 nafari Samarqand viloyatida;
- 6 nafari Sirdaryo viloyatida;
- 3 nafari Surxondaryo viloyatida;
- 4 nafari Farg‘ona viloyatida;
- 10 nafari Xorazm viloyatida;
- 74 nafari Toshkent viloyatida;
- 188 nafari Toshkent shahrida koronavirusga chalingan bemorlar bilan muloqotda bo‘lgani sababli namuna olingan fuqarolar orasida aniqlangan.
Kecha kun davomida:
- Qashqadaryo viloyatida 4 nafar;
- Samarqand viloyatida 79 nafar;
- Sirdaryo viloyatida 8 nafar;
- Surxondaryo viloyatida 6 nafar;
- Toshkent viloyatida 48 nafar;
- Toshkent shahrida 192 nafar bemor tuzalib, kasallikdan sog‘ayganlar jami 87965 (+337) nafarga yetdi va sog‘ayish ko‘rsatkichi 96 foizni tashkil qilmoqda.
Shuningdek, 1 nafar koronavirusga chalingan bemor vafot etib, kasallikdan vafot etganlar soni 653 nafarni tashkil qildi.
Ayni paytda tibbiyot muassasalarida 3388 nafar bemor davolanmoqda.
LiveBarchasi