COVID-19: O‘zbekistonning 12 hududidan 300 dan ortiq bemor aniqlandi

Jamiyat

image
0:00
0:00
download

Kecha, 20 aprel kuni O‘zbekistonning 12 hududida 326 holatda koronavirus qayd etilib, bir nafar bemor vafot etdi. Bu haqda O‘zbekiston Sog‘liqni saqlash vazirligi Matbuot xizmati xabar bermoqda.

Joriy yilning 20 aprel holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 87 551 nafar ni tashkil etmoqda.

Yangi kasallanish holatlarining:

  • 5 nafari Qoraqalpog‘iston Respublikasida;
  • 2 nafari Andijon viloyatida;
  • 9 nafari Buxoro viloyatida;
  • 6 nafari Jizzax viloyatida;
  • 2 nafari Qashqadaryo viloyatida;
  • 1 nafari Navoiy viloyatida;
  • 4 nafari Namangan viloyatida;
  • 15 nafari Samarqand viloyatida;
  • 2 nafari Sirdaryo viloyatida;
  • 3 nafari Farg‘ona viloyatida;
  • 75 nafari Toshkent viloyatida;
  • 202 nafari Toshkent shahrida koronavirusga chalingan bemorlar bilan muloqotda bo‘lganligi sababli namuna olingan fuqarolar orasida aniqlangan.

Kecha kun davomida:

  • Qoraqalpog‘iston Respublikasida 4 nafar;
  • Buxoro viloyatida 6 nafar;
  • Navoiy viloyatida 2 nafar;
  • Sirdaryo viloyatida 5 nafar;
  • Farg‘ona viloyatida 2 nafar;
  • Toshkent viloyatida 33 nafar;
  • Toshkent shahrida 132 nafar bemor tuzalib, kasallikdan sog‘ayganlar jami 84717 (+184) nafarga yetdi va sog‘ayish ko‘rsatkichi 97 foizni tashkil qilmoqda.

Shuningdek, 1 nafar koronavirusga chalingan bemor vafot etib, kasallikdan vafot etganlar soni 640 nafarni tashkil qildi.

Ayni paytda tibbiyot muassasalarida davolanayotgan 2194 nafar bemordan 238 nafari og‘ir, 113 nafari esa o‘ta og‘ir ahvolda.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

232

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing