COVID-19: O‘zbekistonda yil boshidan beri ilk marta 200 dan ortiq bemor aniqlandi
Jamiyat
−
09 aprel 2021
5292Joriy yilning 8 aprel holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 207 nafarga ortib, 84 529 kishini tashkil etmoqda. Bu haqda SSV Matbuot xizmati xabar berdi.
Yangi kasallanish holatlarining:
- 2 nafari Qoraqalpog‘iston Respublikasida;
- 1 nafari Andijon viloyatida;
- 3 nafari Buxoro viloyatida;
- 1 nafari Navoiy viloyatida;
- 3 nafari Namangan viloyatida;
- 18 nafari Samarqand viloyatida;
- 3 nafari Sirdaryo viloyatida;
- 3 nafari Surxondaryo viloyatida;
- 2 nafari Farg‘ona viloyatida;
- 3 nafari Xorazm viloyatida;
- 29 nafari Toshkent viloyatida;
- 139 nafari Toshkent shahrida koronavirusga chalingan bemorlar bilan muloqotda bo‘lganligi sababli namuna olingan fuqarolar orasida aniqlangan.
Kecha kun davomida:
- Qoraqalpog‘iston Respublikasida 4 nafar;
- Buxoro viloyatida 6 nafar;
- Jizzax viloyatida 1 nafar;
- Namangan viloyatida 5 nafar;
- Farg‘ona viloyatida 2 nafar;
- Toshkent viloyatida 22 nafar;
- Toshkent shahrida 141 nafar bemor tuzalib, kasallikdan sog‘ayganlar jami 82415 (+181) nafarga yetdi va sog‘ayish ko‘rsatkichi 98 foizni tashkil qilmoqda.
Ayni paytda tibbiyot muassasalarida davolanayotgan 1480 nafar bemordan 229 nafari og‘ir, 104 nafari esa o‘ta og‘ir ahvolda.
LiveBarchasi