COVID-19: Shifoxonadagi bemorlar soni 1,5 mingdan oshdi
Jamiyat
−
10 aprel 2021
5200Joriy yilning 9 aprel holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 195 nafarga ortib, 84 724 nafarni tashkil etmoqda. Bu haqda SSV Matbuot xizmati xabar berdi.
Yangi kasallanish holatlarining:
- 2 nafari Qoraqalpog‘iston Respublikasida;
- 1 nafari Andijon viloyatida;
- 3 nafari Buxoro viloyatida;
- 2 nafari Jizzax viloyatida;
- 3 nafari Namangan viloyatida;
- 19 nafari Samarqand viloyatida;
- 3 nafari Sirdaryo viloyatida;
- 3 nafari Farg‘ona viloyatida;
- 2 nafari Xorazm viloyatida;
- 23 nafari Toshkent viloyatida;
- 134 nafari Toshkent shahrida koronavirusga chalingan bemorlar bilan muloqotda bo‘lganligi sababli namuna olingan fuqarolar orasida aniqlangan.
Kecha kun davomida:
- Qoraqalpog‘iston Respublikasida 4 nafar;
- Buxoro viloyatida 7 nafar;
- Jizzax viloyatida 4 nafar;
- Farg‘ona viloyatida 2 nafar;
- Xorazm viloyatida 8 nafar;
- Toshkent viloyatida 21 nafar;
- Toshkent shahrida 125 nafar bemor tuzalib, kasallikdan sog‘ayganlar jami 82 586 (+171) nafarga yetdi va sog‘ayish ko‘rsatkichi 98 foizni tashkil qilmoqda.
Ayni paytda tibbiyot muassasalarida davolanayotgan 1504 nafar bemordan 229 nafari og‘ir, 104 nafari esa o‘ta og‘ir ahvolda.
LiveBarchasi