COVID-19: SSV yangi holatlar va og‘ir ahvoldagi bemorlar haqida ma’lumot berdi
Jamiyat
−
12 aprel 2021
8729Koronavirusga chalingan 229 nafar bemorning ahvoli og‘irligicha qolmoqda, shifokorlar ularning hayoti uchun kurashmoqda. Bu haqda o‘zbekiston Sog‘liqni saqlash vazirligi Matbuot xizmati xabar berdi.
Joriy yilning 11 aprel holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 192 nafarga ortib, 85 114 kishini tashkil etmoqda.
Yangi kasallanish holatlarining:
- 7 nafari Qoraqalpog‘iston Respublikasida,
- 2 nafari Andijon viloyatida,
- 5 nafari Buxoro viloyatida,
- 2 nafari Jizzax viloyatida,
- 2 nafari Namangan viloyatida,
- 24 nafari Samarqand viloyatida,
- 3 nafari Sirdaryo viloyatida,
- 10 nafari Farg‘ona viloyatida,
- 2 nafari Xorazm viloyatida,
- 15 nafari Toshkent viloyatida,
- 120 nafari Toshkent shahrida koronavirusga chalingan bemorlar bilan muloqotda bo‘lganligi sababli namuna olingan fuqarolar orasida aniqlangan.
Kecha kun davomida:
- Qashqadaryo viloyatida 1 nafar,
- Namangan viloyatida 6 nafar,
- Samarqand viloyatida 16 nafar,
- Surxondaryo viloyatida 2 nafar,
- Farg‘ona viloyatida 2 nafar,
- Toshkent viloyatida 18 nafar,
- Toshkent shahrida 138 nafar bemor tuzalib, kasallikdan sog‘ayganlar jami 82943 (+183) nafarga yetdi va sog‘ayish ko‘rsatkichi 98 foizni tashkil qilmoqda.
Ayni paytda tibbiyot muassasalarida davolanayotgan 1537 nafar bemordan 229 nafari og‘ir, 104 nafari esa o‘ta og‘ir ahvolda.
LiveBarchasi