COVID-19: Shifoxonada davolanayotganlar 3,8 mingdan oshdi

Jamiyat

image

O‘zbekistonda koronavirusdan davolanayotganlar soni 3800 nafardan oshdi. Bu haqda O‘zbekiston Sog‘liqni saqlash vazirligi Matbuot xizmati xabar bermoqda.

Joriy yilning 9 may holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 362 kishiga ortib, 94 759 nafarni tashkil etmoqda.

Yangi kasallanish holatlarining:

  • 7 nafari Qoraqalpog‘iston Respublikasida;
  • 6 nafari Andijon viloyatida;
  • 4 nafari Buxoro viloyatida;
  • 2 nafari Jizzax viloyatida;
  • 5 nafari Qashqadaryo viloyatida;
  • 4 nafari Navoiy viloyatida;
  • 5 nafari Namangan viloyatida;
  • 46 nafari Samarqand viloyatida;
  • 7 nafari Sirdaryo viloyatida;
  • 4 nafari Surxondaryo viloyatida;
  • 10 nafari Farg‘ona viloyatida;
  • 8 nafari Xorazm viloyatida;
  • 54 nafari Toshkent viloyatida;
  • 200 nafari Toshkent shahrida koronavirusga chalingan bemorlar bilan muloqotda bo‘lganligi sababli namuna olingan fuqarolar orasida aniqlangan.

Kecha kun davomida:

  • Navoiy viloyatida 7 nafar;
  • Namangan viloyatida 2 nafar;
  • Surxondaryo viloyatida 2 nafar;
  • Farg‘ona viloyatida 10 nafar;
  • Toshkent viloyatida 57 nafar;
  • Toshkent shahrida 161 nafar bemor tuzalib, kasallikdan sog‘ayganlar jami 90 292 (+239) nafarga yetdi va sog‘ayish ko‘rsatkichi 95 foizga tushdi.

Ayni paytda tibbiyot muassasalarida 3805 nafar bemor davolanmoqda.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

76

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing