COVID-19 pandemiyadan endimiyaga aylanyaptimi? JSST javob berdi
Olam
−
11 yanvar 2022 8987 2 daqiqa
Koronavirusning yangicha shtammi “omicron” dunyo bo‘ylab juda tez tarqalmoqda. Hozir Yevropaning deyarli barcha davlatlarida aniqlangan virusni qit’a aholisining yarimi yuqtirib oladi. Bu haqda bugun, 11 yanvar kuni Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti ma’lum qildi.
2022 yilning ilk haftasidayoq virusning yangi turi bilan bog‘liq 7 million holat qayd etilgan. Bildirilishicha, Yangi yilning ikkinchi haftasida esa kasallanish holati ikki barobarga ortgan.
“Agar virus shu shiddat bilan tarqalishda davom etadigan bo‘lsa, yaqin 6-8 haftada Yevropa aholising 50 foizi virus bilan zaralanadi”, deydi JSSTning Yevropa mistaqasi bo‘yicha rahbari Xans Klyuge Vashington universiteti tadqiqot markazi ma’lumotlariga tayanib.
Unga ko‘ra, 53 ta Yevropa va Markaziy Osiyo davlatlarining 50 tasida “omicron” allaqachon qayd etilgan.
“Omicron” gripp singari o‘pkadan ko‘ra yuqori nafas yo‘llariga ko‘proq ta’sir ko‘rsatishi va virusning oldingi variantlariga qaraganda yengilroq simptomlarni keltirib chiqarishi aniqlangan. Ammo, JSST hali yangi shtamm ustida chuqur izlanishlar olib borilishi kerakligi haqida ta’kidlamoqda.
Kecha, 10 yanvar kuni Ispaniya Bosh vaziri Pedro Sanches koronavirus tobora yengil simpromlarni shakllantirib borayotgani ortidan, uni jiddiy qabul qilmasdan oddiy gripp sifatida davolash usullarini o‘rganishni taklif qilgan.
“Bu virusni pandemik emas, balki endemik kasallik sifatida har bir holatni qayd etmasdan balki virus alomatlari bo‘lgan barcha odamlarni tekshirmasdan turib davolash lozim”, degan, Bosh vazir.
JSSTning Yevropa bo‘yicha favqulodda Bosh ofitseri Ketrin Smolvudga ko‘ra, pandemiyadan endimiyaga o‘tish barqaror va taxminiy holatlarga to‘la vaziyatni taqozo etadi.
"Bizda hali ham juda katta noaniqliklar ko‘p. Virus juda tez mutatsiyalanib, yangi muammolarni keltirib chiqarmoqda. Biz hali uni endemik deb atashga tayyor emasmiz. Balki vaziyat barqarorlashsa, endimiyaga ham o‘tarmiz, lekin 2022 yilda bunga erishishimiz qiyin", degan Ketrin Smolvud.
Behruz Saidov
Live
Barchasi