COVID-19 ni aniqlovchi test javobi qanchada chiqishi aytildi

Jamiyat

image

O‘zbekistonda bir kunda koronavirusni aniqlash uchun olingan tahlillarning 400 tasi ko‘rib chiqilyapti. Bu haqda Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Sanitariya-epidemiologiya nazorati davlat inspeksiyasi boshlig‘i Nurmat Otabekov ma’lum qildi.

Nurmat Otabekov koronavirusni aniqlovchi testning javobi qancha vaqtda aniqlanishi haqida ham ma’lumot berdi.

“Hozirgi vaqtda koronavirusni PSR usulida aniqlash uchun o‘rtacha 6-8 soat vaqt ketadi. Tahlilllarning davomiyligi ularning hajmiga bog‘liq.

PSR — amplifikator, amplifikatsiya bosqichida virus genomini selektiv ko‘paytirish. Agar planshetlar ishlatilsa 96 ta katagi bor, demak 96 ta tahlil bir vaqtda tayyor bo‘ladi, agar  Rotor-J bo‘lsa,  36,72,100 tahlil natijasi chiqadi. 

Bitta laboratoriyada bir kunda o‘rtacha 400 tagacha tahlilni qayta ishlash mumkin”, dedi Otabekov.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekistonda koronavirusni yuqtirib olish bilan bog‘liq ilk holat joriy yilning 15 mart kuni qayd etilgan edi. Ayni vaqtgacha koronavirusga chalinganlar soni 694 nafarga yetdi. Bugungacha kasallanganlarning 42 nafari davolangan, 3 nafari vafot etgan.

Qadrli yurtdoshlar, karantin davrida zarurat bo‘lmasa, ko‘chaga chiqmang. Vaqtni oilangiz, farzandlaringiz davrasida o‘tkazing. Unutmang, #UydaHayotBor


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

424

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing