COVID-19'ga chalinish bo‘yicha sutkalik rekord yangilandi

Olam

image

O‘tgan kecha-kunduzda dunyoda koronavirus bilan bog‘liq yangi 657 mingdan ortiq holat aniqlangan. Bu haqda Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti ma’lumotlariga tayanib xabar berilgan. 

Bu so‘nggi hafta ichidagi navbatdagi rekord ko‘rsatkichdir.

JSST ma’lumotlariga ko‘ra, dunyoda so‘nggi 24 soat ichida COVID-19’ga chalinish bilan bog‘liq 657 ming 312 ta holat qayd etilgan. 

So‘nggi bir kecha-kunduzda 9 ming 797 kishi vafot etgan. 

Kasallanganlar soni eng yuqori bo‘lgan mamlakat beshligiga AQSH, Hindiston, Braziliya, Rossiya va Fransiya kiradi.

Ma’lumot uchun, pandemiya boshidan buyon kasallanganlar soni 54 million 452 ming 298 kishiga yetgan. 1 million 320 ming 286 nafar bemor virus qurboni bo‘lgan.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

865

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing