COVID-19: 400 ga yaqin yangi bemor aniqlandi, 2 kishi vafot etdi
Jamiyat
−
12 may 2021
5647Kecha, 11 may kuni O‘zbekistonda 395 nafar kishida koronavirus aniqlanib, 2 nafar bemor vafot etdi. Bu haqda O‘zbekiston Sog‘liqni saqlash vazirligi Matbuot xizmati xabar bermoqda.
Joriy yilning 11 may holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 95467 (+395) nafarni tashkil etmoqda.
Yangi kasallanish holatlarining:
- 3 nafari Qoraqalpog‘iston Respublikasida;
- 8 nafari Andijon viloyatida;
- 3 nafari Buxoro viloyatida;
- 3 nafari Jizzax viloyatida;
- 2 nafari Qashqadaryo viloyatida;
- 2 nafari Navoiy viloyatida;
- 8 nafari Namangan viloyatida;
- 72 nafari Samarqand viloyatida;
- 4 nafari Sirdaryo viloyatida;
- 6 nafari Surxondaryo viloyatida;
- 3 nafari Farg‘ona viloyatida;
- 5 nafari Xorazm viloyatida;
- 60 nafari Toshkent viloyatida;
- 216 nafari Toshkent shahrida koronavirusga chalingan bemorlar bilan muloqotda bo‘lganligi sababli namuna olingan fuqarolar orasida aniqlangan.
Kecha kun davomida:
- Qoraqalpog‘iston Respublikasida 10 nafar;
- Buxoro viloyatida 7 nafar;
- Namangan viloyatida 6 nafar;
- Samarqand viloyatida 78 nafar;
- Sirdaryo viloyatida 13 nafar;
- Farg‘ona viloyatida 5 nafar;
- Xorazm viloyatida 4 nafar;
- Toshkent viloyatida 48 nafar;
- Toshkent shahrida 141 nafar bemor tuzalib, kasallikdan sog‘ayganlar jami 90976 (+312) nafarga yetdi va sog‘ayish ko‘rsatkichi 95 foizni tashkil etmoqda.
Shuningdek, 2 nafar koronavirusga chalingan bemor vafot etib, kasallikdan vafot etganlar soni 666 nafarni tashkil qildi.
Ayni paytda tibbiyot muassasalarida 3825 nafar bemor davolanmoqda.
LiveBarchasi