Costa Coffee global tarmog‘i ikkinchi filialini ochdi

Biznes

IMG_6051

Poytaxtning qoq markazida, Vestminster universitetining qarshisida xalqaro Costa Coffee tarmog‘ining yana bir qahvaxonasi ochildi.
Costa Coffee'ning ikkinchi filiali KFC Westminster restoranining yonginasida, Istiqbol ko‘chasi 17-uy manzilida joylashgan. Menyudan poytaxt aholisi va mehmonlariga manzur bo‘lgan qahvali ichimliklar, sendvichlar, tost va desertlar joy olgan. Ammo, syurprizlar ham bor!

Global tarmoqning ikkinchi filiali

13 oktyabrda Costa Coffee qahvaxonasi o‘z eshiklarini ochdi. Bu dunyoning eng yaxshi qahvaxonalari yetakchi beshtaligiga kiruvchi Britaniya tarmog‘ining yana bir filialidir. Ekopark yaqinida iyul o‘rtalarida ochilgan birinchi filial allaqachon mazali qahva va tezkor, sifatli servis qadriga yetuvchilar tomonidan sevilib ulgurdi.

Yangi qahvaxonaning keng zali 75 kishiga mo‘ljallangan, o‘zingiz bilan olib ketishga ham buyurtma berishingiz mumkin. Qahvaxona menyusidan 35 dan ziyod, qaynoq va sovuq toifalardagi qahvali ichimliklar, desertlar, pishiriq va tezkor tamaddining boshqa variantlari joy oladi. Albatta, sotuv “ilg‘orlari”siz ish bitmaydi: ispan ays-lattesi, frapuchchino, “San-Sebestyan” chizkeyki va Costa Coffee yorqin belgisi – maffinlar.

Darvoqe, qahvaxona xodimlari ularning xos maffinlari kirib kelayotgan qishning timsoliga aylanib, barcha sotuv rekordlarini yangilashiga amindirlar. Zero, yangi pishgan, aqlni shoshirib qo‘yuvchi shokolad isi taratib turgan desertni qaynoqqina espresso bilan tanovul qilganingizda qahvaning nim achchig‘i maffinning shirinini bosib, unga to‘yingan qahva ta’mini beradi. Binobarin, bu lazzatdan totib ko‘rmaslik amrimahol!

Yillar davomida sinalgan an’analar

Costa Coffee brendi ostida 33 ta mamlakatdagi to‘rt mingdan ziyod qahvaxona faoliyat yuritmoqda. Butun dunyoda Costa'ni yoqtirishlarining sabablaridan biri – retsepturaning o‘zgarmasligidir. Vestminster (London)dagi Charing-Krossdami yoki Pnompen (Kambodja)dagi qirol saroyi yonidagi sohil bo‘yidami – qayerda bo‘lmasin, qahva buyurtirganingizda o‘sha-o‘sha ta’mni tuyishingizga amin bo‘lavering.

Kompaniya mahsulotlar sifati va retsepturaga rioya etilishi ustidan qat’iy nazorat o‘rnatgan, shu bilan birga, Costa Coffee'ning hamma filiallari bir xil, deb ham bo‘lmaydi. Aksincha, ularning har biri uchun o‘ziga xos dizayn va o‘z xarakteri ishlab chiqiladi va bu intererda, idish-tovoqda, dekoratsiyasida aks etadi.

Hamma gap fusunkor intererda

Toshkentdagi flagman filial iyulda, jazirama yozning qoq o‘rtasida ochilgan edi. Ushbu qahvaxona mavzusi sifatida polshalik musavvir Pola Avgustinovichning quvnoq, rango-rang illyustratsiyalari tanlangani ajablanarli emas. U yorqin ranglar, geometrik shakllar va abstrakt unsurlardan foydalanib, ikki turfa olam: qahva va san’at uyg‘unlashgan noyob tasvirlarni yarata olgan. Tanlangan uslub yozgi kayfiyatni va mazali Costa Coffee ichimliklarini ideal darajada bo‘rttirib ko‘rsatdi, loyihaning o‘zi esa, obro‘li European Design Awards 2023 tanlovida Branding toifasida eng yaxshilardan biri deb e’tirof etildi.

Xalqaro Vestminster universiteti qarshisida joylashgan yangi filial bezatilishida eng yirik qahva brendlari bilan hamkorligi orqali tanilgan gretsiyalik yosh, istiqbolli illyustrator – Tommaso Taraschi dizaynlaridan foydalanildi. Toma Studio asoschisi sodda va grafik loyihalar yaratadi, ular butun boshli qahva tarixlariga jamlanadi. Tabiiyki, bunday uslubda bezatilgan joyda zerikish yoki bemazalik nimaligi unutiladi.

Costa Coffee – har kim o‘z ta’biga mos yegulik topadigan joy. Standart menyudan tashqari, bu yerda muqobil (soya, bodom, kokos) sutdan tayyorlangan ichimliklar ham bor, ular alohida oziqlanish tamoyillariga rioya etuvchilarga to‘g‘ri keladi. Qahva, limonad va noqahva ichimliklarning o‘nlab turlari, mazali yeguliklar bilan birgalikda tongingizni xayrli, kuningizni omadli bo‘lishiga hissa qo‘shadi.

Costa Coffee Toshkentda yangi filiallarini ochishni rejalashtirgan. Yildan-yilga ularning soni faqat ortib boradi.

Ijtomoiy tarmoqdagi sahifalar:

Telegram kanalimizga a’zo bo‘ling

Facebook'da do‘stlaringiz bilan bo‘lishing

Instagram'da yangiliklardan xabardor bo‘ling

Reklama huquqi asosida


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing