“Comeback”. Rubl urushdan oldingi qiymatini tikladi
Olam
−
07 aprel 2022
20022Bugun, 7 aprel kuni Moskva birjasida valyuta savdolari boshlanishida rubl dollar va yevroga nisbatan 4-5 foizdan ko‘proq mustahkamlandi.
Birja ma’lumotlariga ko‘ra, Moskva vaqti bilan soat 10:40 da (Toshkent vaqti bilan soat 12:40) dollar kursi 76,25 rublgacha (-4,32 foiz), yevro 82,56 rublgacha (-5,1 foiz) pasaydi.
Moskva birjasidagi savdolar ochilishida dollarning rublga nisbatan kursi avvalgi savdolarning yopilish darajasiga nisbatan ikki tiyinga qimmatlashdi va 79,72 rublni tashkil qildi. Yevro kursi o‘zgarishsiz qoldi – 87 rubl.
Moskva birjasidagi savdolar chog‘ida dollar kursi 74,26 rublgacha tushib, 16 fevraldan beri birinchi marta 75 rubldan, yevro 80,83 rublgacha tushib, 2021 yil 27 oktyabrdan beri ilk bor 81 rubldan pastga tushgan.
Birja
Rossiya fond bozori bugun asosiy sessiya boshida yetakchi indekslarning o‘sishini ko‘rsatmoqda. Moskva vaqti bilan 10:55 holatiga ko‘ra, Moskva birjasi indeksi 0,72 foizga – 2630,3 punktgacha, RTS indeksi 4,95 foizga – 1086,02 punktgacha o‘sdi.
Savdo ochilishida Moskva birjasi indeksi 2618,26 punkt (+0,26%) darajasida bo‘ldi, RTS dollar indeksi 0,01 foizga – 1034,85 punktgacha o‘sdi.
LiveBarchasi