Sog‘liqni saqlash vaziriga yana bir o‘rinbosar tayinlandi

Jamiyat

image

Prezident Shavkat Mirziyoyevning tegishli qarori bilan Akademik Yo.X.To‘raqulov nomidagi Respublika ixtisoslashtirilgan endokrinologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi direktori vazifasida ishlab kelgan Alimov Anvar Valiyevich Sog‘liqni saqlash vazirining o‘rinbosari – Toshkent shahar sog‘liqni saqlash bosh boshqarmasi boshlig‘i etib tayinlandi. Bu haqda Sog‘liqni saqlash vazirligi Jamoatchilik bilan aloqalar bo‘limi xabar bermoqda.  

Ma’lumotlarga ko‘ra, Tibbiyot fanlari doktori, professor Anvar Alimov Toshkent pediatriya instituti rektori, O‘zbekiston Respublikasi sog‘liqni saqlash vazirining birinchi o‘rinbosari, O‘zbekiston Respublikasi sog‘liqni saqlash vaziri singari mas’ul lavozimlarda ishlagan.

2020 yilda "O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan sog‘liqni saqlash xodimi" faxriy unvoni bilan taqdirlangan.


Maqola muallifi

Teglar

SSV o'rinbosar

Baholaganlar

75

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing