Coca-Cola Rossiyada biznesini to‘xtatdi

Olam

image

Coca-Cola kompaniyasi Ukrainada bo‘layotgan voqealar fonida Rossiyadagi biznesini to‘xtatishga qaror qildi.

Kompaniyaning press-relizida hech qanday tafsilotlar keltirilmagan. Coca-Cola kompaniyasiga tegishli zavodlar yopiladimi yoki kompaniya faqat Rossiyada ichimliklar sotishni rasman to‘xtatadimi, hozircha aniq emas.

Coca-Cola ichimliklar rasmiy ravishda Shimoliy Koreya va Kubadan tashqari dunyoning barcha mamlakatlarida sotiladi.

PepsiCo. ham Rossiyadagi faoliyatini to‘xtatganini e’lon qildi. Kompaniya o‘zining gazlangan ichimliklarini Rossiyada sotishni to‘xtatmoqda, ammo sut, chaqaloqlar va bolalar ovqatlari kabi zarur mahsulotlarni sotishda davom etadi.

Rossiya bozorini yana bir gigant kompaniya McDonald's vaqtincha tark etmoqda va barcha restoranlarini yopmoqda. Kompaniya ushbu qaror mahalliy xodimlar va hamkorlarga qanday ta’sir ko‘rsatishini tushunib, ularni, xususan, maoshlarni to‘lashni davom ettirish orqali qo‘llab-quvvatlaydi, degan McDonald's korporatsiyasi bosh direktori Kris Kempchinskining bayonotida.

Rossiyada McDonald's’ning 850 ta tez ovqatlanish restorani, 62 ming xodimi hamda yuzlab mahalliy yetkazib beruvchi va hamkorlari bor.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

450

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing