“Coca-cola”ning davlat ulushini sotish bo‘yicha tushuntirish beriladi

Jamiyat

image

O‘zbekiston Respublikasi davlat aktivlarini boshqarish agentligi Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligining “Korrupsiyani keltirib chiqaruvchi sabab va shart-sharoitlarni bartaraf etish choralarini ko‘rish to‘g‘risida”gi taqdimnomasiga rasmiy munosabat bildirdi.

Ma’lum qilinishicha, agentlikning kompaniyaning davlat ulushini sotish jarayoni qanday tashkil etilgani haqida Davaktiv agentligiga va/yoki Vazirlar Mahkamasining tegishli farmoyishi bilan tuzilgan ishchi guruhga biror bir murojaati kelib tushmagan.

Taqdimnoma Kompaniyani sotish to‘g‘risidagi Davaktiv agentligining 2020 yil 16 dekabrdagi e’lonida joylashtirilgan ma’lumotlar asosida shakllantirilgan.

Davaktiv agentligi Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi hamda jamoatchilik bilan kompaniyadagi davlat ulushini shaffof va oshkora tarzda, xalqaro amaliyot qoidalariga muvofiq holda sotish jarayoni yuzasidan hamkorlik qilishga tayyorligini bildirgan.

Shu bilan birga yaqin kunlarda mazkur jarayonning bevosita ishtirokchilari bo‘lgan “The Coca-cola Export Corporation” (AQSH, Atlanta), “Rothschild & Co” investitsiya banki va “Dentons” yuridik firmasining taqdimnoma bo‘yicha fikrlari jamlanib, jamoatchilikka tushuntirish berilishi ma’lum qilingan.

Agentlikka ko‘ra, “Coca cola Ichimligi Uzbekiston, Ltd” MCHJdagi davlat ulushini sotish halol, ochiq va shaffof usullarda hamda dunyodagi o‘zining o‘rniga ega va nomiga putur yetmagan xalqaro kompaniyalar ishtirokida amalga oshirilmoqda.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

76

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing