Cobalt`ni bojxonachilar to‘xtatishdi
Jamiyat
−
27 Sentabr 2019 6500 1 daqiqa
O‘zbekiston bojxonachilari har doim sergak bo‘lishga harakat qiladi. Mamlakatga tovar-moddiy boyliklarini yashirin yo‘llar bilan olib o‘tishga bo‘lgan urinishlar ular tomonidan o‘z vaqtida bartaraf etilmoqda.
Andijon viloyati bojxona boshqarmasi Kontrabanda va bojxona qonunchiligi buzilishiga qarshi kurashish bo‘limi xodimlari tomonidan fuqaro U.M. boshqaruvidagi Cobalt rusumli avtomashina to‘xtatilib, belgilangan tartibda, nazoratdan o‘tkazildi.
Natijada, avtomashinada tegishli hujjatlari bo‘lmagan, umumiy qiymati 55,6 million so‘mlik 274 dona kiyim-kechaklar borligi aniqlandi.
Holat yuzasidan bojxona organlari tomonidan surishtiruv harakatlari olib borilmoqda.
Live
Barchasi31 dekabr 2025
Farg‘ona davlat texnika universiteti rektori Qo‘ng‘irotboy Sharipovga yangi o‘rinbosar bo‘ldi.
30 dekabr 2025
30 dekabr 2025
30 dekabr 2025
29 dekabr 2025