Chustda hokim yordamchisi pora bilan ushlandi

3-sahifa

image

Namangan viloyati Chust tumanida fuqaroga fermer xo‘jaligi yer maydonini olib bermoqchi bo‘lgan hokim yordamchisi va uning sheriklari ushlandi. Bu haqda Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti matbuot xizmati xabar berdi.

Aniqlanishicha, Chust tumani hokimining chegara masalalari bo‘yicha yordamchisi F.A., “R.N.” fermer xo‘jaligi rahbari R.A. va boshqalar xo‘jalikning “Kaklikqo‘rg‘on” MFY hududidagi 5,3 gektar yer maydonini 15 000 AQSH dollari evaziga fuqaro N.ga bog‘dorchilik tashkil etish uchun ajratib berishni va’da qilgan.

Ular oldindan 1 500 dollar va 5,6 mln so‘mni fuqarolar I.I. va K.R. orqali olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Xabarga ko‘ra, mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 28, 211-moddasi (pora berish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

304

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing