“Chotqol” tog‘larida yurolmay qolgan ayol qutqarildi

Jamiyat

image

Toshkent viloyatining Parkent tumanidagi “Chotqol” tog‘larida sayohat qilib yurgan ayolning oyog‘i qayrilib ketib, yura olmay qoladi. Bu haqda Favqulodda vaziyatlar vazirligi xabar berdi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, kecha, 22 aprel kuni soat 15:30 da Toshkent viloyati FVB Tezkor boshqaruv markaziga “Chotqol” tog‘larida sayohat qilib yurgan ayolning oyog‘i qayrilib ketib, tan jarohati olib, yura olmayotganligi va unga yordam zarur ekanligi haqida xabar kelib tushgan. 

Chaqiruvga asosan, zudlik bilan qidiruv-qutqaruv ishlariga jalb qilingan Parkent tumani FVBning bir guruh qutqaruvchilari tomonidan tan jarohati olgan fuqaroga amaliy yordam ko‘rsatildi. 

“Ayni payt yordam ko‘rsatilgan fuqaroning ahvoli yaxshi”, deyiladi xabarda.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing