Chotqol qo‘riqxonasida yong‘in chiqdi
Jamiyat
−
09 iyul 2023 5843 1 daqiqa
Chotqol davlat biosfera qo‘riqxonasiga qarashli “Yaylovcha” hududida yong‘in yuz berdi. Bu haqda Ekologiya vazirligi Matbuot xizmati xabar berdi.
Unda aytilishicha, joriy yilning 8 iyul kuni Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi tasarrufidagi Chotqol davlat biosfera qo‘riqxonasiga qarashli Maydontol bo‘limi “Yaylovcha” hududida yong‘in sodir bo‘lgan.
Mazkur hududga zudlik bilan Toshkent viloyati Ekologiya boshqarmasi hamda korxona va tashkilotlar mas’ul xodimlari yetib borgan. Toshkent viloyati Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi tomonidan tezkor shtab tuzilib, yong‘in bartaraf etilgan.
“Holat yuzasidan o‘rganish ishlari yakuniga yetgach, natijalari bo‘yicha qo‘shimcha ma’lumot beriladi”, deyiladi xabarda.
Live
Barchasi