Chorvoqda fojia: ota va uning 2 o‘g‘li cho‘kib ketdi

3-sahifa

image

Joriy yilning 2 sentyabr kuni Toshkent viloyatidagi Chorvoq suv omborida ota va uning 2 o‘g‘li cho‘kib ketdi. Bu haqda Favqulodda vaziyatlar vazirligi xabar berdi.

Qayd etilishicha, Bo‘stonliq tumani “Burchmulla” MFY hududidagi “Chorvoq suv ombori” suv havzasida 3 nafar fuqaro (ota va 2 nafar o‘g‘il) katerda sayrga chiqqan va suvga tushish taqiqlangan hududga borgan va ximoya nimchasisiz suvga tushib, cho‘kib  ketgan.

Xabar kelib tushgan zahotiyoq FVV g‘avvos qutqaruvchilari hodisa joyiga yetib borib, 2-2,5 km radius kenglikda suvda qidiruv ishlarini olib bormoqda. Qidiruv ishlariga barcha zarur kuch-vositalar jalb etilgan.

Bildirilishicha, ko‘lamning kengligi va suv omborining chuqurligi qidiruv ishlarini murakkablashtirmoqda. Vaziyat FVV tomonidan to‘liq nazoratga olingan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Namangan viloyatida daryoga cho‘kib ketgan 2004 yilda tug‘ilgan yigitning jasadini izlayotgan g‘avvoslar boshqa fuqaroning jasadini topgandi.


Maqola muallifi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing